Pavel Durov farzandlarining onasi Telegram messenjerining yarmini berishni talab qildi
Telegram asoschisi Pavel Durov farzandlarining onasi Irina Bolgar sobiq fuqarolik turmush o‘rtog‘ining oldiga yangi talablar qo‘yishini ma’lum qildi. U Telegram messenjerini birgalikda orttirilgan mulk deb hisoblaydi va unga bo‘lgan huquqlarning yarmini sud orqali qo‘lga kiritish niyatida.
Bolgarning so‘zlariga ko‘ra, ularning Durov bilan ro‘yxatdan o‘tmagan munosabatlari 10 yil davom etgan, bu davrda uchta bola tug‘ilgan. Uning ta’kidlashicha, u tadbirkorning mol-mulkidan foydalanish huquqiga ega edi, ammo foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalar, uning fikricha, “uning huquqlarini to‘liq himoya qilmagan”.
“Men farzandlarim bilan birga har doim oilaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishimizga chin dildan ishonardim, garchi bizning nikohimiz rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa-da va birgalikda orttirilgan mulk, shu jumladan asosiy boylik – Telegram messenjeri faqat uning nomiga ro‘yxatga olingan”, – deydi Bolgar. Instagram ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Durov bolalarning moliyaviy xavfsizligini ta’minlash, ular uchun jamg‘armalar yaratish va qimmatbaho uy sotib olishga va’da bergan.
Sharhlar