Pavel Durov hibsdan ozod etildi
Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov Parij sudiga yetkazilgandi, deya xabar beradi Le Figaro va AFP.
Nashrlar boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Frantsiya qonunchiligi 96 soatgacha hibsda saqlashga ruxsat beradi. Shundan so‘ng sud sudlanuvchini ozod qilish yoki unga ayblov e’lon qilish, zarurat tug‘ilganida uni hibsda saqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.
Mash kanali Pavel Durov yetkazilgan Parij sudidagi holatni ko‘rsatdi.
Telegram-kanal xabariga ko‘ra, sud binosida maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan, darvozalar yopilgan va politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Pavel Durov hibsdan ozod qilindi, – deya xabar beradi BFMTV.
Tergov sudyasi Telegram asoschisini dastlabki so‘roq qilish va ehtimoliy ayblovlar uchun uni politsiya hibsxonasida saqlashni to‘xtatdi.
Pavel Durov 24-avgust kuni kechqurun Parij aeroportida ushlangandi. Politico nashriga ko‘ra, Frantsiya hukumati Durovni hibsga olish uchun orderni 2024-yil 25-martda bergan.
Sharhlar