Pavel Durov sud nazorati ostiga olindi va 5 million yevro miqdorida garov puli belgilandi
Pavel Durovga nisbatan ayblov e’lon qilindi va sud nazorati ostida qo‘yib yuborildi, unga Fransiya hududini tark etish taqiqlandi, deya xabar bermoqda AFP prokuraturaga tayanib.
Telegram egasiga 5 million yevro miqdorida garov to‘lash va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berish majburiyati yuklangan.
Prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Durov o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. U, xususan, noqonuniy tranzaktsiyalarni amalga oshirish uchun onlayn platformani boshqarish va vakolatli organlarga ma’lumot berishdan bosh tortishda ayblanmoqda.
Relizda Telegram turli huquqbuzarliklar bilan bog‘liq ko‘plab ishlarda ishtirok etishi va rasmiylarning qonuniy so‘rovlariga javob bermasligi qayd etilgan.
Sharhlar