Pavel Durov Telegram messenjerini ma’muriy boshqarish bilan bog‘liq, unga 12 ta jinoyat bo‘yicha ayblov qo‘yildi
Pavel Durovning hibsga olinishi Telegram messenjerini ma’muriy boshqarish bilan bog‘liq, unga 12 ta jinoyatda ayblov qo‘yilgan, deb yozadi “Novaya gazeta-Yevropa” Frantsiya prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib.
Pavel Durov Telegram ma’muriyatida uyushgan guruhlarning noqonuniy tranzaktsiyalarini amalga oshirishda ishtirok etganlikda, shuningdek, tergov uchun zarur bo‘lgan ma’lumot yoki hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga berishdan bosh tortganlikda gumon qilinmoqda.
Bundan tashqari, Durov quyidagi jinoyatlarda gumon qilinmoqda:
- voyaga yetmaganlar bilan pornografik kontentni saqlashga sheriklik;
- giyohvand moddalarni tarqatishga sheriklik;
- kiberjinoyatlarga sheriklik;
- uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida firibgarlikka sheriklik.
Ma’lum qilinishicha, Durov 28 avgustga qadar hibsda qolishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar