Pavel Durov ushlanganidan keyin xakerlar Fransiya davlat tuzilmalarining saytlariga hujum qildi
Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng xakerlar Frantsiya davlat idoralari veb-saytlariga hujum qildi, deb yozadi Le Parisien, DdoS-hujumlari 25-avgust, yakshanba kuni sodir bo‘ldi.
Ular, xususan, Fransiya davlat xizmatlari portali, Dori vositalari va tibbiy mahsulotlar xavfsizligi agentligi (ANSM), Confédération Paysanne Frantsiya qishloq xo‘jaligi birlashmasi veb-saytlari, gazetasi, shuningdek, Doctolib onlayn qabul qilish tizimini nishonga olgan.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Klement Domingoning Le Parisien nashriga aytishicha, DdoS-hujumlari rossiyaparast UserSec, RipperSec, Holy League va Cyber Army Now xakerlik guruhlari tomonidan amalga oshirilgan. Ular telegramdagi hujumlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdi.
Sharhlar