Pavel Durov va undan uchta bola tuqqan Irina Bolgar “hech qachon juftlik bo‘lmagan”

Фото: Комсомольская правда

Pavel Durov va undan uchta bolani tuqqan Irina Bolgar “hech qachon juftlik bo‘lmagan”, deydi Durovning vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning munosabatlari romantik emas, balki biznes edi. O’sha paytda Durovning yoga bo‘yicha murabbiyi bo‘lgan Bolgar uni farzand ko‘rishga taklif qilgan. “U rozi bo‘lgan va uchta bola tug‘ilgan”, –  deydi Durovning vakili The New York Times nashriga.

“Janob Durovning ko‘p farzandlari bor va u ularning har birini boqish uchun bir xil miqdorda – oyiga 10 ming dollar ajratadi”, – deya qo‘shimcha qiladi Durovning vakili. U, shuningdek, Bolgarni tadbirkorning bolalarini boqish uchun bergan pullarini isrof qilishda aybladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.