Pavel Durovning advokati Telegram asoschisiga qarshi ishni “bema’nilik” deb atadi

Фото: РЕН ТВ

Pavel Durovning advokati David-Olivye Kaminski Telegram asoschisining ishi bo‘yicha o‘zining birinchi ommaviy izohini berdi.

Kaminskining ta’kidlashicha, platforma Yevropa raqamli qoidalariga rioya qiladi va “undagi moderatsiya standartlari boshqa ijtimoiy tarmoqlarnikiga o‘xshash”.

“Platforma egasini bevosita yoki bilvosita ishtirok etmagan jinoiy harakatlar uchun javobgar deb aytish bema’nilik ekanini qo‘shimcha qilaman”, – deydi Kaminski.

Durov 10 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. U besh million yevro garov evaziga qo‘yib yuborilgan, Fransiyani tark etishi man etilgan va muntazam ravishda politsiyaga xabar berib turishi buyurilgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.