Pensioner ayolni o‘ldirgani uchun 23 yilga qamalgan va urushdan qaytgan vagnerchi yana ozodlikka chiqdi va ikkinchi marta urushga ketmoqda
“Noviy Bures” qishlog‘ida yashovchi, sobiq “Vagner” HXK jangchisi Ivan Rossomaxin, aprel oyida pentsioner ayolni o‘ldirganlikda ayblanib 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi, keyin uning jazosi 23 yilga oshirilgan, koloniyadan ozod qilingan va Ukrainaga urushga ketgan. “Travmpunkt” loyihasi bu haqda mahbusning ismini aytmasdan xabar beradi.
Rossomaxinni ozod qilish to‘g‘risidagi qaror ham “Baza” tomonidan e’lon qilingan. Hujjatga ko‘ra, erkak Kirov koloniyasiga 11-avgust kuni kelgan va 19-avgust kuni qo‘yib yuborilgan.
Rossomaxin 2022-yilda “Vagner” HXKga yollangan. Bu xuddi shunday jinoyat uchun 14 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan koloniyada sodir bo‘lgan. 2019-yilda uni o‘z hududidan haydab chiqarmoqchi bo‘lgan qishloqdosh ayolni o‘ldirgan.
2023-yil bahorida Vladimir Putin tomonidan avf etilgan va urushdan uyiga qaytgan Rossomaxin yana bir odamni – 85 yoshli Yuliya Buyskixni o‘ldiradi. Bu qo‘shni “Vyatskie Polyani” shahrida sodir bo‘ladi. Telegram kanallarida ayol kaltaklangani, uning tanasidan pichoq jarohatlari topilgani haqida yozilgan.
Mahalliy aholining aytishicha, Rossomaxin butun qishloqni qo‘rquvda ushlab turgan: u mast holda ko‘chada bolta va panshaxa bilan yurgan, mashina oynalarini sindirgan va “hammani o‘ldiraman” deb baqirgan. Mahalliy korxona direktorining aytishicha, uning ba’zi xodimlari qo‘rqib ishga borishdan bosh tortgan.
O‘ldirilgan nafaqaxo‘rning nabirasi Anna Pekareva “Ponyatno. Media” nashriga Rossomaxinning yana ozod bo‘lishidan qo‘rqib, frontga jo‘natish yoki shartli ravishda ozod qilish uchun yana bir avf olgani haqida gapiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hukmdan qoniqmagan.
Sharhlar