Pentagon Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan qanotli raketalar va NATOning aloqa tizimlarini berishi mumkin
AQShning Yevropadagi qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni general Kristofer Kavoli Kongressga Ukrainaning Rossiyaga qarshi kurashida yordam bera oladigan qurol tizimlari ro‘yxatini taqdim etdi, unga ilgari yetkazib berilmagan raketalar va NATO foydalanadigan himoyalangan aloqa tarmog‘i kiritilgan.
CNN general ma’ruzasi bilan tanishgan odamlarga tayanib xabar berishicha, Kavoli ro‘yxatiga uzoq masofali “Joint Air-to-Surface Standoff Missiles” (JASSM) qanotli raketalari va Vashington va Shimoliy Atlantika alyansi jangovar tizimlar, shu jumladan havo mudofaasini boshqarish o‘rtasida uzluksiz aloqani ta’minlash uchun foydalanadigan Link 16 tizimi kiritilgan. Bu turdagi qurollarni Vashington ilgari Kiуevga yetkazib bermagan. Ukraina har ikkala tizimni bir necha bor so‘ragan, dedi ularning iltimoslari bilan tanish bo‘lgan boshqa manba.
Telekanal manbalarining tushuntirishicha, Amerika hokimiyati ilgari ularning maxfiy texnologiyalari Rossiya armiyasi ixtiyoriga tushib qolishi mumkinligidan tashvishlangan. Aynan shu sababli Vashington ilgari Kiуevga Link 16 aloqa tizimini yetkazib bermagan. Qiruvchi samolyotlardan uchiriladigan JASSM raketalari ukrainaliklar uchun foydasiz bo‘lishi mumkin, agar ular havoda ma’lum ustunlik darajasiga erishmasa, deb qo‘shimcha qildi manba. Amerikalik amaldorlar anonim shartlar asosida AQSh Kiуevga Rossiya bosqiniga qarshi turishni davom ettirishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsani berayotganini ma’lum qilishdi.
Sharhlar