Rossiyaning Perm o‘lkasidagi neft bazasida yirik yong‘in yuz berdi
Rossiyaning Perm o‘lkasidan janubi-g‘arbda joylashgan Osensi qishlog‘ida xususiy neft bazasida yirik yong‘in yuz berdi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, alanga 10 ming kvadrat metrgacha maydonda yonilg‘i saqlanadigan konteynerlarni qamrab olgan.
Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, tezkor harakatlar natijasida yong‘in turar joylar, ma’muriy binolar va quruq o‘simliklarga tarqalib ketishi oldi olingan. Yong‘inni bartaraf qilishga 60 dan ortiq odam va 19 ta texnika jalb etilgan.
Ayni paytda yong‘in kelib chiqishi sabablari noma’lum bo‘lib qolmoqda. Osensi qishlog‘i Bolshoye Savino aeroporti yaqinida joylashgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Ulashish:
Sharhlar