Peterburgda amaldorlarga xizmat yozishmalari uchun Telegram va WhatsApp messenjerlaridan foydalanish taqiqlandi

Sankt-Peterburgning barcha ijroiya hokimiyati rahbarlari rasmiy ma’lumotlar almashinuvi uchun xorijiy messenjerlardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida buyruq olishdi. Ro‘yxatga WhatsApp va Telegram kirdi.

Axborotlashtirish va aloqa qo‘mitasining (AvaAQ) tegishli talabi bo‘lgan hujjatga 4 sentyabr sanasi qo‘yilgan bo‘lsa-da, quyi muassasalar shunga o‘xshash ko‘rsatmalarni allaqachon qat’iy taqiq shaklida olgan.

AvaAQ rahbari Yuliya Smirnovaning maktubida ta’kidlanishicha, taqiq “cheklangan kirish ma’lumotlarini buzish, yo‘q qilish yoki o‘zgartirish faktlarining oldini olish, shuningdek, bunday faktlar uchun zamin yaratilishining oldini olish uchun” joriy etilmoqda.

“Fontanka” xabariga ko‘ra, muqobil aloqa vositasi sifatida mahalliy eXpress messenjeri, korporativ aloqa platformasidan foydalanish taklif qilinmoqda. eXpress veb-saytida ta’kidlanganidek, bu “bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi “FSTEK” tomonidan sertifikatlangan yirik kompaniyalarda o‘nlab va yuz minglab foydalanuvchilarga mo‘ljallangan yagona korporativ Super ilova”.

eXpress 2023-yilda aylanmasi milliard rubldan oshgan Andrey Vratskiyning “Anlimited Prodakshen” tomonidan ishlab chiqilmoqda. Kompaniya bir necha bor davlat korxonalari va muassasalarida o‘z dasturiy ta’minotidan foydalanish uchun litsenziyalarni berish bo‘yicha shartnomalar olgan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.