Isroil Livanda peyjerlarni portlatish bo‘yicha operatsiyaga 15 yil tayyorlangan
Isroil shu hafta Livanda portlagan peyjerlarni ishlab chiqarishga aloqador. Bu haqda ABC Amerika razvedkasidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati bu operatsiyani 15 yil mobaynida rejalashtirgan.
Ta’kidlanishicha, Isroil razvedka xodimlarini jalb qilgan va bir nechta soxta kompaniyalardan foydalangan. Shu bilan birga, ushbu korxonalarning ba’zi ishchilari ular aslida kimning qo‘lida ishlayotganini bilmagan. Bunday kompaniyalardan biri Budapeshta ro‘yxatga olingan BAC Consulting bo‘lib, Tayvanning Gold Apollo brendi ostida peyjerlar ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Biroq Vengriya hukumati vakili kanalga ma’lum qilishicha, bu peyjerlar mamlakatda hech qachon bo‘lmagan, kompaniya esa Vengriyada ishlab chiqarish yoki operatsiya maydonlari bo‘lmagan savdo vositachisi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Livanda “Hizbulloh” a’zolari foydalanayotgan yuzlab peyjerlar yoppasiga portladi. 18-sentabr kuni mamlakatda boshqa elektron uskunalar — noutbuklar, ratsiya va portativ aloqa vositalari portlay boshladi. 30 dan ortiq odam halok bo‘lib, minglab kishilar jabrlandi.
Sharhlar