Putin Turkmanistonga tashrifi chog‘ida Eron prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11-oktabr kuni Turkmanistonga ishchi tashrif bilan boradi va u yerda Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
“Bu uchrashuv ham ikki tomonlama masalalarni muhokama qilish uchun, ham, albatta, Yaqin Sharqda keskin kuchaygan vaziyatni muhokama qilish uchun katta ahamiyatga ega”, — dedi Ushakov.
Putin, shuningdek, u yerda “Davrlar va sivilizatsiyalar aloqadorligi — tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumida qatnashadi. Tadbirga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar yetakchilari taklif etilgan.
Ulashish:
Sharhlar