Pokiston kemalarga qarshi yangi raketani sinovdan o‘tkazdi
Pokiston harbiy-dengiz kuchlari 350 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir bo‘lgan ballistik kemaga qarshi yangi SMASH raketasini sinovdan o‘tkazdi.
Uning asosiy maqsadi hind samolyotlarini tashuvchi guruhlarga qarshi kurashishdir, lekin u yerdagi nishonlarga ham aniq zarbalar berishi mumkin.
Hindiston harbiy-dengiz kuchlari, o‘z navbatida, Isroil tomonidan ishlab chiqilgan “Barak-8” raketaga qarshi mudofaa tizimiga tayanmoqda va Isroil bilan birgalikda 100 km gacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir yangi mudofaa tizimlarini ishlab chiqmoqda.
Ulashish:
Sharhlar