Pokistondagi vokzalda sodir bo’lgan portlashda 21 kishi halok bo‘ldi

фото: ria.ru

Pokistonning Balujiston viloyati Kvetta shahrida temir yo‘l vokzalida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘lib, yana 30 kishi yaralandi, deb xabar berdi mahalliy Geo TV telekanali.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, portlash odatda koʻp sonli odamlar toʻplanadigan vokzal kassasida, poyezd joʻnash arafasida sodir boʻlgan. Jabrlanganlar shahar kasalxonasiga yetkazilgan, u yerda favqulodda holat e’lon qilingan – u yerga qo‘shimcha shifokorlar va yordamchi xodimlar chaqirilgan.

Mahalliy rasmiylarning aytishicha, bir qancha yaradorlarning ahvoli og‘ir, shu bois qurbonlar soni ortishi mumkin. Politsiya portlash xudkush-terrorchi tomonidan sodir etilgan deb taxmin qilmoqda. Boshqa tafsilotlar hali aniqlanmagan.

7-oktabr kuni ertalab Pokistonning Karachi shahridagi xalqaro aeroport yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Natijada ikki kishi halok bo‘ldi, yana o‘n kishi jarohat olgandi. Hodisa portlovchi moslamaning portlashi tufayli sodir bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.