Pokistonning Karachi shahridagi aeroport yaqinida portlash yuz berdi

Фото: nur

Pokistonning Karachi shahridagi aeroport yaqinida yuz bergan portlashda uch nafar xorijlik fuqaro halok bo‘ldi.

Pokiston matbuotiga ko‘ra, portlash Karachi shahridagi Chinna xalqaro aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida 3 nafar xorijlik halok bo‘ldi, 17 kishi yaralandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lbola portlovchi qurilma portlagan. Sind ichki ishlar vaziri Ziya Lanjar hujum nishoni xorijliklarni olib ketayotgan karvon bo‘lganini aytdi.

Jabrlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga yotqizilgan. Portlash shunchalik kuchli ediki, u shaharning turli hududlarida eshitildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.