Politico: Bayden Kongressga Kiyevga 24 milliard dollar ajratish so‘rovini yubordi

Фото: Victoria Jones/Pool via REUTERS

AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressga Ukrainaga yordam berish va Kiyevga topshirilgan qurollar evaziga Amerika armiyasining qurol-yarog‘ zaxiralarini to‘ldirish uchun qo‘shimcha 24 milliard dollar ajratish bo‘yicha maxfiy so‘rov yubordi, deb yozadi Politico manbalarga tayanib.

Ma’lumotlarga ko’ra, Kongress dushanba kuni murojaat olgan. Unga ko’ra, Bayden ma’muriyati “Amerika zahiralarini to’ldirish” uchun 16 milliard dollar ajratishni kutmoqda va yana 8 milliard dollarni Ukrainaga xavfsizlikka ko’maklashish tashabbusi (USAI) dasturi orqali tasdiqlash taklif qilinmoqda.

Dastur Pentagonni armiya omborlaridan jihozlar va boshqa yordamlar bilan ta’minlash o’rniga ishlab chiqaruvchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzishni o’z ichiga oladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.