Politico: Bayden ma’muriyati Ukrainaga uchun ajratilgan mablag’ning so’ngi qoldig’ini yuborishga tayyorlamoqda
Politico nashrining yozishicha, Jo Bayden maʼmuriyati Kongress tomonidan joriy yilning bahorida Ukrainaga yordam berish uchun ajratilgan mablagʻning toʻliq qoldigʻini muddatining oxirigacha (ular 20-yanvarda tugaydi) sarflashni rejalashtirmoqda.
Bu maqsadlar uchun tasdiqlangan 6 milliard dollardan ortiq mablag‘ hali sarflanmagan, deya qayd etadi nashr. Ushbu mablag’ning 4,3 milliardi harbiy omborlardan o’tkazilgan pul mablag’lari, yana 2,1 milliardi ishlab chiqaruvchilarga buyurtmalardir.
Biroq prezident farmoyishini imzolashning o‘zi yetarli emas: yordam paketi ma’qullangach, uni Ukrainaga yetkazish uchun odatda oylar ketadi, deya ta’kidlaydi Politico.
Harbiy omborlardan Pentagon faqat jismoniy mavjud bo’lgan narsalarni o’tkazishi mumkin. Byudjetda ushbu inventarlarni to’ldirish uchun buyurtmalar mavjud, ammo bu buyurtmalar to’ldirilmaguncha, yangi yetkazib berish kechiktirilishi mumkin.
Yangi prezident yetkazib berishni to’xtatish huquqiga ega, agar ular hali amalga oshirilmagan bo’lsa, va 20-yanvar kuni Oq uyga qaytib keladigan Donald Tramp Ukrainaga harbiy yordam ko’rsatishi gumon ostida, deyiladi.
AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Charli Ditsning Politico nashriga aytishicha, Pentagon Ukrainaga ma’qullangan barcha yordamni ko’rsatishni davom ettirishga tayyor va kelgusi haftalarda yangi yordam paketlari e’lon qilinishini kutmoqda.
Sharhlar