Politico: Rossiya bilan nizoni bartaraf etish uchun Ukraina Hindistonni vositachi sifatida tanladi
Ukraina Hindiston bosh vaziri Narendra Modini Rossiya bilan muzokaralar bo‘yicha bosh vositachi etib tanladi, deb yozadi Politico nashri o‘z ismi sir qolishini istagan ukrainalik rasmiyga tayanib.
“Hindiston Kievning Ukraina rozi bo‘lishi mumkin bo‘lgan tinchlik kelishuviga erishish umidini ifodalaydi”, — deyiladi maqolada.
Ukraina rasmiylari Hindiston tinchlik formulasini ishlab chiqishda faol ishtirok etishiga umid bildirdi, chunki bu mamlakat dunyodagi voqealar rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar