Polsha AQShdan 96 ta AH-64E Apache vertolyotlarini sotib oladi

Фото: Getty Images

Mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishning ta’kidlashicha, vertolyotlar nishonlarga zarba berish uchun yangi jangovar imkoniyatlarni beradi va Mi-24 o‘rnini egallaydi.

Polsha o‘z qurolli kuchlarini mustahkamlash uchun 96 ta AH-64E Apache vertolyotlarini sotib olish bo‘yicha AQSh bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Reuters  13 avgust, seshanba kuni xabar berdi.

2023-yil avgust oyida Qo‘shma Shtatlar Polshaga umumiy qiymati taxminan 12 milliard dollar bo‘lgan 96 dona AH-64E Apache va tegishli uskunalarni sotishni ma’qulladi.

Paketda vertolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish uskunalari, aeroport va angar uskunalari va texnik yordam, o‘quv paketi, shuningdek, o‘q-dorilar va ehtiyot qismlar kabi moddiy-texnika ta’minoti mavjud.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.