Polsha Rossiya aviatsiyasi faolligi tufayli o‘z jangovar samolyotlarini havoga ko‘tardi

Foto: Getty Images

Polsha va ittifoqchilari 7-iyunga o‘tar kechasi Rossiya “uzoq aviatsiyasining intensiv faoliyati” tufayli, o‘z aviatsiyasini havoga ko‘tardi. Bu haqda Polsha qurolli kuchlari tezkor qo‘mondonligi xabar berdi.

Polsha aviatsiya navbatchiligini Ukraina hududi bo‘ylab havo hujumi bilan izohladi. O‘tgan tunda Ukrainaning barcha hududlarida havo trevogasi e’lon qilingan, Ukraina QK havo kuchlari raketa va dronlar xavfi haqida ogohlantirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.