Polshada Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi bo‘yicha qo‘poruvchiliklarda ayblanib, 9 kishi hibsga olindi

Foto: Reuters

Polshada to‘qqiz kishi Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi bilan qo‘poruvchilik sodir etish ayblovi bo‘yicha hibsga olindi. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

“Bu do‘pposlashlar, o‘t qo‘yishlar va o‘t qo‘yishga urinishlarga aloqador”, — dedi Tusk. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap yollanma shaxslar haqida bormoqda, ularning bir qismi “jinoyat olami odamlari”. Hibsga olinganlar orasida Ukraina, Belarus va Polsha fuqarolari bor.

Qo‘poruvchilik harakatlariga misol sifatida Tusk Vrotslavda bo‘yoq ishlab chiqaruvchi zavodni yoqib yuborishga urinishlarni keltirib o‘tdi. U bu Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan buyurtma qilinganini “shubhasiz” deb atadi. Bosh vazir qo‘shimcha qilishicha, bunday qo‘poruvchilik harakatlari Litva, Latviya va Shvetsiyada ham sodir etilmoqda.

Avvalroq Polsha prezidenti Anjey Duda mamlakatda so‘nggi paytlarda bir nechta jiddiy yong‘inlar yuz berganini, ular, katta ehtimol bilan, o‘ t qo‘yish oqibatida kelib chiqqanini aytgandi. Uning fikricha, bu “Polshada vaziyatni beqarorlashtirishga urinish” bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.