Polsha tashqi ishlar vaziri Qrimni 20 yilga BMT mandati ostiga berishni taklif qildi
Radoslav Sikorskiy Rossiya va Ukraina “Qrimni qurolsizlantirmagan holda” potentsial tinchlik shartlarini qanday muhokama qila olishini ko‘rmayotganini aytdi, bu ikkala davlat uchun ham muhim. Umumiy yechim faqatgina Kiev va Moskva xohlasagina topiladi, dedi Polsha tashqi ishlar vaziri.
“Qrimni qonuniy aholi kimligi tekshirilganidan keyingina adolatli referendum tayyorlash bo‘yicha missiyaga ega BMT mandati ostiga berishimiz mumkin edi”, – deydi Sikorskiy va bunday referendum 20 yilga kechiktirilishi mumkinligini qo‘shimcha qiladi.
Polsha vaziri, shuningdek, G‘arb, xususan, AQSh rasmiylari ukrainaliklarni 2014 yilda Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganidan keyin bu yerda jang bo‘lmasligiga ishontirishda katta xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi.
“Agar ukrainaliklar Qrimda jang qilganlarida, hatto ramziy ma’noda ham, Putin Donbass bo‘yicha qaror qabul qilmagan bo‘lardi”, – deya tushuntiradi Sikorskiy.
Sharhlar