Polsha Ukrainaga harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagi erkaklarni vataniga qaytarishda yordam berishga tayyor

Фото: Спутник

Polsha mudofaa vaziri Kosinyak-Kamish uning mamlakati Ukrainaga Rossiya qo‘shinlari to‘liq ko‘lamda istilo boshlaganidan keyin chet elga ketgan harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagi erkaklarni qaytarishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Polsha aynan qay tarzda yordam berishiga vazir aniqlik kiritmadi, ammo “har qanday yordam imkoniyati bor”ligini qo‘shib qo‘ydi.

Ukrainada safarbarlik haqidagi yangi qonun qabul qilingan, u mayda kuchga kiradi. Yangi qoidalar bo‘yicha Ukraina qurolli kuchlari safiga 500 ming nafargacha odam qo‘shilishi kutilmoqda, ammo qonunda safarbar qilinadiganlar soni aniq belgilanmagan.

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga to‘liq ko‘lamda bostirib kirgach, 4,3 million ukrainalik, shu jumladan 860 ming nafar voyaga yetgan erkaklar Yevroittifoq mamlakatlariga ketib qolgan. Polsha qabul qilingan ukrainalikalr soni bo‘yicha Germaniyadan keyingi ikkinchi o‘rinda turibdi — u qariyb 950 ming kishiga vaqtinchalik boshpana bergan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning barcha elchixonalariga chet elda bo‘lib turgan 18—60 yosh oralig‘idagi erkak fuqarolarga konsullik xizmatlari ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatib turishni buyurdi. Konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyati “Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan qurolli tajovuzi” tufayli hamda Ukraina fuqarolarining “harbiy hisobga qo‘yish masalasini tartibga solish bo‘yicha majburiyatlar”dan qochishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida cheklanmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.