Polshada Ukraina uchun qurol ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
Skarjisko-Kamenna shahridagi raketa yoqilg‘isi markazida portlash yuz berdi, deb yozadi “Meduza”.
Markaz bir necha yil avval foydalanishga topshirilgan.
Portlash oqibatida kompaniyaning 59 yoshli xodimi halok bo‘lgan, yana biri jarohatlangan. Portlash sabablari hozircha ma’lum qilinmagan.
Wyborcza gazetasining ta’kidlashicha, zavodda allaqachon ikkita portlash sodir bo‘lgan, ikkalasi ham 2021-yilda. 48 yoshli xodim 2021-yil aprel oyida, 41 yoshli xodim esa sentyabr oyida halok bo‘lgan. Ikkala holatda ham portlash xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida sodir bo‘lgan.
Mesko zavodi qurol ishlab chiqaradi, shu jumladan Ukraina qurolli kuchlari uchun ham. 2023 yilda kompaniya Ukrainaning “ARTeM” kompaniyasi bilan birgalikda 125 mm tank o‘q-dorilarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganini e’lon qilgandi.
Sharhlar