Polshada yengil samolyot quladi. Uchuvchi halok bo‘ldi
Polshada Prząśniczka J1B yengil samolyoti halokatga uchradi va uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Polsat News va European Pravda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, samolyot havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib, Sileziya voevodeligining Lipovaya qishlog‘i yaqinida qulagan.
Samolyot mahalliy uchish klubiga tegishli bo’lgan.
“Ertalab soat 9 dan oldin oʻt oʻchiruvchilar Lipovayadagi samolyot halokati haqida xabar oldilar. Voqea joyiga bir necha o‘t o‘chirish brigadalari yetib keldi. Yong‘inni o‘chirishga to‘g‘ri keldi, chunki samolyot yerga urilganidan so‘ng yonib ketgan”, — dedi o‘t o‘chirish xizmati rasmiysi.
Halokatdan omon qolmagan erkak 75 yoshda bo’lgan.
Voqea joyida prokuror nazorati ostida xizmatlar ishlamoqda. Shuningdek, ushbu holat Havo halokatini tekshirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ham tekshirilmoqda.
Sharhlar