Livanda yoppasiga portlagan peyjerlarda 20 g portlovchi modda bo‘lgan
Livanning bir nechta tumanlarida yoppasiga portlagan peyjerlar ko‘pi bilan 20 g og‘irlikka ega portlovchi modda bilan to‘ldirilgan bo‘lgan, deb xabar bermoqda Al Jazeera telekanali Livan xavfsizlik xizmatlaridagi manbasiga tayanib. Ayni paytda Livan maxsus xizmatlari ushbu portlovchi qurilma qanday ishga tushirilganini o‘rganmoqda.
Telekanal manbasiga ko‘ra, portlagan qurilmalar Livanga besh oy avval keltirilgan. Avvalroq boshqa nashrlar peyjerlar yangi partiyadan bo‘lgani haqida yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, peyjerlarning portlashi bilan bog‘liq ilk hodisalar 17-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 15:45 (Toshkent vaqti bilan 17:45) da yuz berdi. Dastlab o‘nlab odamlar jabrlangani haqida xabar berildi, ammo bir soat mobaynida yaralanganlar soni ming kishidan oshib ketdi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 11 kishi halok bo‘lib, qariyb 4 ming kishi jabrlangan.
“Hizbulloh” harakatning ikki a’zosi, shu jumladan, Livan parlamenti a’zosi Ali Ammarning o‘g‘li halok bo‘lganini ma’lum qildi. Jabrlanganlar orasida esa Eronning Livandagi elchisi Mujtaba Amaniy ham bor. “Hizbulloh” hodisada Isroilni aybladi.
Sharhlar