KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradagi yo‘llarni portlatdi

Фото: nv.ua

KXDR harbiylari mamlakatni Kyonison va Tonxe liniyalari bo‘ylab Koreya yarim orolining janubiy qismi bilan birlashtiruvchi yo‘llarning ba’zi qismlarini portlatdi. Bu haqda “Ryonxap” Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.

Birinchi yo‘l — Kyonison liniyasi — Koreya yarim oroli g‘arbida joylashgan bo‘lib, KXDRning Keson va Janubiy Koreyaning Pxadju shaharlarini bog‘laydi. Ikkinchi liniya — Tonxe — Yapon dengizi sohillarida joylashgan. Janubiy Koreya harbiylari yuqori jangovar shaylik haqida ma’lum qildi.

Shimoliy koreyalik harbiylar chegaradagi yo‘llarni portlatishga tayyorlanayotgani haqida shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi 14-oktabr kuni ma’lum qilgan edi. Bundan avvalroq KXDR Janubiy Koreya bilan avtomobil va temir yo‘llar yopib qo‘yilishi va chegara “qal’a”ga aylantirilishini e’lon qilgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.