Portugaliyadagi aviashouda samolyotlar to‘qnashib ketdi, bir uchuvchi halok bo‘ldi (video)

Foto: “Informator.ua”

Portugaliyaning Beja shahrida bo‘lib o‘tayotgan aviasalonda namoyish chog‘ida ikkita Yak-52 samolyoti to‘qnashib ketdi, oqibatda uchuvchilardan biri halok bo‘ldi, deb yozadi “Zakon.kz” mamlakat Harbiy-havo kuchlariga tayanib.

Voqea 2-iyun, yakshanba kuni yuz bergan. Hodisa aks etgan videoda samolyotlardan biri safdan chiqib, kutilmaganda keskin balandlaganini, natijada esa saf boshidagi samolyot ro‘parasidagi samolyot bilan to‘qnashib ketganini ko‘rish mumkin. Balandligini oshirgan samolyot esa, ehtimol boshqaruvni yo‘qotgani uchun keskin yerga qulagan. Zarba yegan samolyot pastlab, so‘ng qo‘ngan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.