Portugaliya olov ichida: mamlakatni o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi
Yomg‘irli bahor va yozning boshi Portugaliyani o‘rmon yong‘inlaridan qutqara olmadi – mavsum odatdagidan kechroq, lekin ikki barobar kuch bilan boshlandi.
Mamlakatda 140 dan ortiq yong‘in sodir bo‘lmoqda; ularni o‘chirishda 19 ta samolyot, vertolyot va dron, 900 ga yaqin yerda ishlaydigan texnika va 3000 ga yaqin kishi jalb etilgan.
Asosiy yong‘in o‘choqlari mamlakat shimoli va markazida joylashgan. Ayniqsa Aveyra hududi qattiq yonmoqda. Dushanba kuni yong‘inlar Portu va Lissabon o‘rtasidagi asosiy yo‘lni yopishga majbur qilgan.
Rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki kishi halok bo‘lgan, o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan. Bir nechta qishloqlardan aholi evakuatsiya qilingan.
О‘tgan yoz Yevropada tarixdagi, shuningdek, butun sayyoradagi eng issiq yil bo‘ldi. Joriy yil, ehtimol, insoniyat tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin, bu so‘nggi o‘n yillikni rekord darajadagi eng issiqqa aylantiradi va insoniyat aybdor bo‘lgan sayyoramizning keng ko‘lamli isishi tendentsiyasini tasdiqlaydi.
Sinoptiklar Portugaliyagda yaqin kunlarda issiq va quruq havo davom etishini va’da qilmoqda.
Mamlakat hukumatining ogohlantirishicha, yong‘inlar davom etadi, 19-sentyabr kuni kuni oxirigacha butun mamlakat bo‘ylab yuqori xavfli rejim joriy qilindi, “yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumotlarini hisobga olgan holda, bu o‘rmon yong‘inlari xavfi sezilarli darajada oshishidan dalolat beradi.
Sharhlar