Hindistonda tovar poyezdi yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketdi (video)

Foto: “RBK”

Hindiston sharqidagi G‘arbiy Bengaliya shtatida tovar va yo‘lovchi poyezdi o‘zaro to‘qnashib ketdi, deb yozadi “RBK” shtat bosh vaziri Mamata Banerjiga tayanib.

“Voqea joyiga zudlik bilan FVV xodimlari, tez yordam shifokorlari va avariya-qutqaruv brigadalari yuborildi, ular qutqaruv ishlarini olib bormoqda va tibbiy yordam ko‘rsatmoqda”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

Qayd etilishicha, tovar poyezdi oldinda turgan yo‘lovchi poyezdiga borib urilgan. Bir necha kishi jabrlangan, halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q. Qutqaruv operatsiyasi kuchli yomg‘ir sharoitida olib borilmoqda.

Hindistonda temir yo‘lda halokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Xususan, 2021-yilda qariyb 18 mingta temir yo‘l hodisalari tufayli butun mamlakat bo‘ylab 16 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.