Primoryelik ikki qiz Ukrainadagi urush qatnashchisini zo‘rlashda aybladi. Tergov qo‘mitasi ish qo‘zg‘atishdan bosh tortdi
6-iyun nashri “Ponyatno. Media” nashri Primorye o‘lkasidagi Kraskino qishlog‘ining ikki fuqarosi safarbar qilingan 43 yoshli Stanislav Sabiyevga nisbatan zo‘rlash haqida ariza yozishganini xabar qildi. Jabrlangan qizlar 18 va 16 yoshda.
18 yoshli Ruslana jurnalistlarga malum qilishicha, Sabiyev do‘stlari bilan uchrashuvdan qaytayotganida uni majburan mashinaga o‘tqazib, zo‘rlagan va o‘zi bilan birga giyohvand moddalar istemol qilishga majburlagan.
Ikkinchi qurbon, ismi oshkor etilmagan 16 yoshli qiz bir necha kun avval ushbu safarbar qilingan shaxs tomonidan zo‘rlangan. U qizni o‘rmonga olib borgan, shuningdek, mashinasida unga jinsiy tajovuz qilgan. “Sibir. Realii” nashrining ta’kidlashicha, qizlarning hech biri ariza topshirish vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan.
Keyinroq Ruslanaga jinoiy ish qo‘zg‘atilmasligi haqida xabar berilgan. Tergov qo‘mitasi buni qizning “zo‘rlash alomatlari”, ya’ni tanasida ko‘karishlar va yirtilgan kiyimlari yo‘qligi bilan izohlagan.
“Dojd” telekanali Sabiyevning o‘zi bilan suhbatlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qizlar unga pul olish uchun tuhmat qilishgan. Shu bilan birga, qurbonlardan birining qo‘shnisi jurnalistlarga “Sibir. Realii” nashriga Sabiyev avval, ya’ni urushga ketishidan oldin ham qishloq ayollarini zo‘rlagani haqidagi aytib bergan.
Sharhlar