Putin AQShning uzoq masofali raketalarini Germaniyada joylashtirishga “javob” berdi
Agar AQSh Germaniyada yuqori aniqlikdagi uzoq masofali raketa qurollarini joylashtirsa, Rossiya o’zini o’rta va qisqa masofali raketalarini joylashtirishga moratoriydan “ozod” deb hisoblaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgdagi dengiz floti kuni paradida.
Putinning ta’kidlashicha, Germaniyada joylashgan Amerika raketalari oralig’ida “Rossiyaning muhim davlat va harbiy boshqaruv ob’ektlari”bo’ladi. “Kelajakda yadroviy kallaklar bilan jihozlanishi mumkin bo’lgan raketalarning uchish vaqti taxminan 10 daqiqani tashkil qiladi”, – dedi Rossiya prezidenti. U vaziyatni sovuq urush paytlari bilan taqqosladi.
Avvalroq, AQSh Rossiyani to’xtatish va NATO sheriklarini himoya qilish uchun Evropada uzoq masofali raketalarni joylashtirishi haqida xabar berilgan edi. Germaniyada 2026-yildan boshlab Tomahawk raketalari joylashtirilib boshlanadi.
Sharhlar