Putin Bastrikinning Tergov qo‘mitasi rahbari lavozimidagi xizmat muddatini uzaytirdi

Фото: Екатерина Штукина/РИА Новости

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Tergov qo‘mitasi (RTQ) raisi Aleksandr Bastrikinning federal davlat xizmati muddatini 2025-yil 27-avgustgacha uzaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

“Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi to‘g‘risida” 2010-yil 28-dekabrdagi 403-FZ-sonli Federal qonunining 30-moddasi 4-qismiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Ivanovich Bastrikinning federal davlat xizmati muddatini 2025-yil 27- avgustgacha uzaytirilsin ”, – deyiladi hujjatda.

Farmoyish dushanba kuni rasmiy huquqiy axborot internet portalida e’lon qilindi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.