Saylovdan keyin Putin Kreml va o‘z qarorgohlaridan chiqmay qo‘ydi

Фото: диалог ua

Rossiya prezidenti Vladimir Putin saylov kampaniyasidan avval olib borgan hayot tarziga qaytib, Kreml va o‘z qarorgohidan chiqmay qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbarining kun tartibini tahlil qilib chiqqan “Agentstvo” nashri yozmoqda.

So‘nggi ikki hafta mobaynida Putin qarorgohidan tashqarida biror marta ham tadbir o‘tkazmadi, saylov kampaniyasi boshlanganidan to 20-aprelga qadar esa Kreml prezident ishtirokidagi 100 dan ortiq chiqiladigan tadbirlar haqida xabar bergan. 17-fevraldan 17-martgacha esa Putin Kreml va qarorgohidan tashqarida bo‘lib o‘tgan 31 ta tadbirga borgan. Saylovdan avvalgi bir hafta davomida prezident Kremlda yoki Novo-Ogaryovoda qolgandi.

Tahlilga ko‘ra, saylovdan keyin safarlar soni o‘n marotabga qisqargan. 17-martdan 17-aprelgacha Kreml faqat 10 ta ko‘chma tadbir haqida xabar bergan, ulardan biri Qizil maydonda Qrim bosib olinishiga o‘n yil to‘lganiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsert bo‘lgan. Shu davr mobaynida prezident bir martagina Moskva viloyatini tark etgan — 27-mart kuni u Torjokka borgandi.

So‘nggi ikki haftadan buyon Putin majlislarda videoaloqa orqali qatnashmoqda. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari toshqindan jabrlangan hududlarga bormasligini ma’lum qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.