Kreml urushga qarshi chiqayotgan rossiyaliklarni Putinning haqligiga ishontirish zarurligini bildirdi

Спецслужбы других стран не помогают России в расследовании теракта
Источник: ukraina.ru

Ukrainadagi urushga qarshi chiqayotgan rossiyaliklar — jamiyat qoldiqlari, ularni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘shni mamlakatga bostirib kirish qarori to‘g‘riligiga ishontirish zarur. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tdi.

“Deyarli butun jamiyat Putinning yo‘liga rozi. Qarshi bo‘lganlar ham bor. Lekin ular jamiyat qoldiqlari, ular juda kam sonli”, — dedi Peskov. U Putin hokimiyat tepasida 24 bo‘lib turganidan keyingi prezident saylovida “misli ko‘rilmagan” 87 foiz ovoz to‘plagani, bu “dunyo bo‘yicha favqulodda hodisa” bo‘lganini eslatdi.

Shunga qaramay, Peskov tan olishicha, “murosasiz pozitsiyasini ochiqchasiga bildiradigan” o‘z nomi va obro‘siga ega odamlar ham ko‘p va ular o‘z biznesi yoki ijodi orqali rossiyaliklarga ta’sir o‘tkazmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.