Putin ishi sudda ko‘rilayotgan fuqarolarni Ukrainadagi urushga jo‘natish imkonini beradigan qonunni imzoladi
Vladimir Putin harbiy xizmatni o‘tayotgan ayblanuvchilarni jinoiy javobgarlikdan ozod qiluvchi qonunni imzoladi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Bi-Bi-Si xabar qilganidek, avgust oyi oxirida Rossiya Oliy sudi Davlat Dumasiga ishi nafaqat dastlabki tergov bosqichida, balki sudda ko‘rib chiqilayotganlarni ham Ukrainadagi urushga yuborishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini taqdim etdi.
Tuzatishlar yuzaga kelgan qarama-qarshi amaliyot bilan izohlanadi. Endi qonunga ko‘ra, agar shaxs tergov tugaganidan keyin, biroq hukm chiqquncha urushga ketgan bo‘lsa, uning ishi yopilmasligi kerak. Aslida, u faqat sud jarayonini davom ettirishdan muhlat oladi va o‘z harakatlari uchun javobgarlikni “nolga” tushirmaydi.
Sharhlar