Putin Kim Chen Inga Janubiy Koreya komponentlari bo‘lgan Aurus limuzinini sovg‘a qildi
Hashamatli sedan Rossiyaning qudratini va import qilingan texnologiyalardan mustaqilligini ifodalash uchun ishlab chiqilgan, ammo avtomobilning ko’plab qismlari import qilingan, deb yozmoqda Reuters.
Bojxona yozuvlariga ko’ra, Aurusning turli modellarida Kim mamlakatining “asosiy dushmani” – Janubiy Koreyadan olib kelingan millionlab dollarlik qismlardan foydalaniladi.
2018-yildan 2023-yilgacha Rossiyaga Aurus avtomobillari va mototsikllarini yig‘ish uchun kamida 34 million dollarlik uskuna va butlovchi qismlar import qilingan.
Birgina Janubiy Koreyadan qariyb 15,5 million dollarlik avtomobil kuzov qismlari, sensorlar, kontrollerlar, kalitlar, payvandlash uskunalari va boshqa butlovchi qismlar keltirildi. Ehtiyot qismlar Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan ham keltirilgan.
Sovet ZIL limuzinidan keyin ishlab chiqarilgan Aurus Senat, Rossiya prezidentning rasmiy avtomobili boʻlib, Putin tomonidan 2018 va 2024-yillarda prezidentlik inauguratsiyasida foydalanilgan.
Putinning 19-iyun kuni Shimoliy Koreyaga tashrifi chog‘ida u KXDR yetakchisiga shunday mashina sovg‘a qilgan edi. Bu Kim Chen Inning Rossiya Federatsiyasi prezidentidan sovg‘a sifatida olgan ikkinchi aurusidir.
Sharhlar