Putin kuzgi chaqiriq to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan farmonga ko‘ra, 2024 -yil oktyabrdan dekabr oyi oxirigacha 133 ming kishini Rossiya armiyasiga chaqirilishi rejalashtirilgan.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning kuzida 130 ming nafar kishi armiyaga chaqirilgan edi. 2023-yil bahorida muddatli harbiy xizmatga chaqirish 1-apreldan 15-iyulgacha o‘tkazildi, keyin esa muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar soni 150 ming kishini tashkil etdi. Ushbu chaqiruv ilk bor chaqiruv yoshini 30 yoshgacha oshirdi.
О‘tgan yillardagi kabi, Rossiya qurolli kuchlarining vakillari Ukrainadagi mojaroda chaqiriluvchilar ishtirok etmasligini aytishmoqda. Biroq, avgust oyida Ukraina qurolli kuchlari kirgan Kursk oblastida aynan muddatli harbiy xizmatchilar bo‘lgan. Natijada, o‘zaro asirlarni almashishning bir necha raundlari bo‘lib o‘tgan, asirlar orasida yaqinda armiyaga chaqirilgan Rossiya fuqarolari ko‘pchilikni tashkil qilgan.
Sharhlar