Putin Qozog‘istonga yetib keldi
Vladimir Putin Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bilan uchrashadi, deya xabar bermoqda Kreml. Uning 27-28 noyabr kunlari boʻlib oʻtgan tashrifi KXShT yigʻilishiga toʻgʻri keladi (Bu yil Qozogʻiston tashkilotga raislik qiladi).
Bir kun avval “Kazakhstanskaya pravda” gazetasida Vladimir Putin nomi bilan imzolangan “Rossiya – Qozog’iston: hayot talab qilayotgan va kelajakka qaragan ittifoq” maqolasi chop etildi.
Matnda aytilishicha, Rossiya va Qozogʻiston “adolatli koʻp qutbli dunyo tartibini shakllantirish jarayonlarining boshida turibdi” va “kelajak avlodlar natsizmga qarshi kurashda tinchlik va erkinlikni qanday himoya qilganliklarini eslab qolishlari uchun hamma narsani qilishlari kerak”.
Sharhlar