Putin Serbiyaga gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani 2025-yilgacha uzaytirishni taklif qildi

Фото: Открытые источники

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forum doirasidagi uchrashuvda Serbiya bosh vazirining o‘rinbosari Aleksandr Vulin bilan gaz yetkazib berish shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qildi. Amaldagi shartnoma 2025-yilda tugaydi.

Putin, shuningdek, sanoat va transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi hamda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichga Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan BRIKS davlatlari rahbarlarining uchrashuviga taklifnoma yuborilganini ma’lum qildi.

Aleksandr Vulin, o‘z navbatida, Serbiya “Rossiyaning strategik hamkori” bo‘lib qolayotganini va G‘arb bosimiga qaramay, NATOga qo‘shilib, Rossiyaga qarshi sanktsiyalar joriy qilmoqchi emasligini ta’kidladi.

Yevropa Ittifoqi Vulinning Putin bilan uchrashuvi oldidan Serbiyani Ukrainada davom etayotgan mojaro fonida Moskva bilan aloqalarni chuqurlashtirishdan ogohlantirdi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.