Putin ikki oy ichida to‘rtinchi marta G‘arbning yolg‘onidan shikoyat qildi

путин
Фото: РБК

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb tomonidan aytilayotgan yolg‘onlardan yana bir marta shikoyat qildi. 28-mart kuni u harbiy uchuvchilar bilan suhbat chog‘ida Rossiyani sakkiz yildan buyon Minsk kelishuvlari bilan aldab kelishayotganini aytdi.

“Ular bizni aldab, sakkiz yildan buyon buni davom ettriib kelgan ekan, oxirida esa o‘z manfaatlarimizni va odamalrimizni himoya qilishning yangi shakliga o‘tishga majbur qilishdi”, — deya qo‘shib qo‘ydi Rossiya prezidenti.

Bundan avval G‘arbning yolg‘oni haqida Putin 13-mart kuni boshlovchi Dmitriy Kisilyovga aytgandi: “Bizni avvallari ko‘p marta tushirishgan, lekin endi biz faqat aniq xavfsizlik kafolatlari ostida kelishamiz”. Putinning so‘zlariga ko‘ra, u endi G‘arbga uni aldashga qo‘yib bermaydi. Shuningdek, Putin yolg‘on haqida 26-yanvar va 9-fevral kunlari ham aytib o‘tgandi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili Putin Rossiyani “ahmoq qilib ketishgani” haqida yetti marta shikoyat qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.