Putin tug‘ilgan kunida MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi

Foto: Britannica

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir hafta ichida hukumat aʼzolari bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, u Rossiya Xavfsizlik kengashi aʼzolari bilan ham uchrashuv oʻtkazadi, dedi  jurnalist Pavel Zarubin.

7-oktabr oqshomida Putin Hamdo‘stlik sammiti doirasida MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi. Bungacha prezident kun davomida bir qator yopiq uchrashuvlar o‘tkazadi. 7-oktabr kuni Vladimir Putin 72 yoshga to’ladi.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov 4-oktabr kuni prezidentning bu munosabat bilan bayram tadbirlari rejalashtirilmagani va davlat rahbari faoliyatini davom ettirishini aytdi. O‘tgan yili Putin tug‘ilgan kunida O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.