Putin Turkmanistondagi xalqaro forumga keldi

Фото: росгазета

Vladimir Putin atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Magtimguli Fragi tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Zamon va sivilizatsiyalar o‘zaro munosabati” xalqaro forumi o‘tkazilayotgan Turkmaniston Savdo-sanoat palatasiga keldi.

Forumda Rossiya rahbarini Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov kutib oldi.

Putin forumning yalpi majlisida nutq soʻzlaydi, soʻngra Eron prezidenti Masud Pezeshkyan va Turkmaniston parlamenti yuqori palatasi rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov bilan gaplashadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.