Putin Ukraina bilan tinch muzokaralar uchun shartlarni aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin TIV rahbariyati bilan uchrashuvda mojaroga barham berish uchun Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashning asosiy shartlarini aytib o‘tdi: Ukraina qo‘shinlarini Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson hududlaridan olib chiqib ketish va Kiyevning NATOga kirishdan bosh tortishi, deb yozadi VVS.
“Kiyev ularga tayyor ekanini e’lon qilishi va qo‘shinlarini haqiqatdan ham olib chiqishga kirishishi, shuningdek, NATOga qo‘shilishdan bosh tortishini e’lon qilishi bilanoq biz darhol o‘t ochishni to‘xtatishga buyruq beramiz va muzokaralarni boshlaymiz. Biz Ukraina qismlari va bo‘linmalarining xavfsiz olib chiqib ketilishini kafolatlaymiz”, — dedi u (Iqtibosni “RIA Novosti” keltirgan).
Putin so‘z bu mojaroni muzlatish haqida emas, balki uni uzil-kesil yakunlash, Ukraina qurolli kuchlariga qo‘shinlarni xavfsiz olib chiqib ketish kafolatlanishi haqida borayotganini ta’kidlagan.
“Tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha asosiy kelishuvlar xalqaro shartnomalar bilan belgilanishi tabiiy, shuningdek Rossiyaga qarshi sanktsiyalar ham bekor qilinishi ko‘zda tutiladi”, – deya qo‘shimcha qiladi u.
Putin, shuningdek, kelishuvning bir qismi sifatida Rossiya Ukrainada “rus tilida so‘zlashuvchilarning huquqlarini ta’minlashni” talab qilishini aytdi.
Sharhlar