Putin Ukrainani Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga urinishda aybladi
“Dushman bugun tunda AESga zarba berishga urindi”, — deya Rossiya prezidentining Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi hujum operatsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.
Uning aytishicha, Moskva bu holat haqida MAGATEni xabardor qilgan.
Biroq Putin o‘z ayblovlari uchun hech qanday dalil keltirmagan.
Odatda Ukraina qurolli kuchlarining qaytarilgan hujumlari haqida xabar beradigan Rossiya Mudofaa vazirligi 22-avgust kuni Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga urinishlar haqida xabar bermadi. Departamentning kechadagi hisobotida Kursk oblastida urib tushirilgan faqat bitta dron haqida so‘z boradi.
Ulashish:
Sharhlar