Putin va Kim Chen In Rossiya va KXDR o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Vladimir Putin va Kim Chen In Rossiya va KXDR o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risida bitim tuzdi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
Bundan tashqari, Putinning Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi doirasida sog‘liqni saqlash, tibbiyot ta’limi va ilm-fan sohasida hamkorlik qilish hamda Tumannaya daryosi orqali chegara avtomobil ko‘prigini qurish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar imzolangan.
Shartnoma imzolangandan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yangi kelishuv ishtirokchilardan biriga tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda o‘zaro yordam ko‘rsatishni nazarda tutganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Rossiya “imzolangan hujjatga muvofiq KXDR bilan harbiy-texnik hamkorlikni istisno qilmasligini” taʼkidlagan.
Sharhlar