Si Szinpin Putinga doim yaxshi qo‘shni va do‘st bo‘lishga va’da berdi
Pekinda Rossiya va Xitoy rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “Kommersant”. Si Szinpin Vladimir Putinga ikki mamlakat aloqalari sinovlardan o‘tib, etalonga aylanganini aytdi, Rossiya prezidenti esa Xitoyni savdo-iqtisodiy sohadagi asosiy sherik deb atadi.
“Biz Rossiya bilan doimgidek yaxshi qo‘shnilar, sodiq do‘stlar va ishonchli hamkorlar bo‘lib qolish niyatidamiz”, — dedi Si Szinpin. Uning ta’kidlashicha, Xitoy “ikki xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlikni mustahkamlamoqchi” va “umumiy sa’y-harakatlar bilan xalqaro tenglik va adolatni himoya qilmoqchi”.
Vladimir Putin o‘z navbatida Moskva va Pekin “amaliy hamkorlik borasida kattagina tajriba” orttirganini qayd etdi. “2023-yilda ikki tomonlama tovar aylanmasi qariyb 25 foizga oshdi va yaxshi ko‘rsatkichlarga — 227 milliard dollarga yetdi”, — dedi Rossiya prezidenti.
Vladimir Putinning samolyoti Pekin aeroportiga 15-may kuni kechqurun qo‘ndi. Rasman Rossiya prezidentining davlat tashrifi 16—17-may kunlari davom etadi.
Sharhlar