Putin va Tokayev Ostonada nima haqida kelishib oldilar
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi. Bu haqda RBC xabar bermoqda.
Aeroportda Putinni Tokayevning shaxsan o’zi kutib oldi va faxriy qorovul safi tuzildi. Qozog‘iston rahbari qarorgohida Rossiya prezidentini qo‘llarida ikki davlat bayroqlari ko‘targan bolalar kutib oldi, faxriy qorovul rotatsiyasi boshlig‘i davlat rahbarlariga qutlov hisoboti berdi, u yerda ikki davlat madhiyalari yangradi.
Ostonadagi muzokaralardan so‘ng ikki davlat rahbarlari “yangi global tartib sharoitida strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida”gi 36 banddan iborat qo‘shma bayonotni imzoladilar va unda siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish zarurligi e’lon qilindi.
Bayonot bilan birga ikki davlat vakillari yana 19 ta hujjatni – 2024-2028-yillarga mo‘ljallangan mintaqalararo va transchegaraviy hamkorlik dasturi hamda sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimdan tortib vazirliklar o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi qator shartnomalarni imzoladilar.
28-noyabr kuni Rossiya prezidenti KXShT sammitida ishtirok etadi. Bundan tashqari sammitda Tokayevdan tashqari Belarus prezidentlari Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu uchrashuvda qatnashmaydi.
Sharhlar