Putin Vatan himoyachilari kuniga atalgan tabrigida Rossiyaning yadro quroli yangilanganini ma’lum qildi
Rossiya strategik yadro kuchlarini yangilashda davom etmoqda, uning 95 foizi allaqachon yangi qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlandi, deya ma’lum qildi RF prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklar ekan.
“Yangi “Sirkon” gipertovushli raketalarni seriyali chiqarish boshlandi. Boshqa zarbdor komplekslar sinovlari yakunlanmoqda. O‘tgan yil dekabrida Harbiy-dengiz floti tarkibiga yangi strategik suvosti kemalari kirdi. Yaqinda Qozonda Qurolli kuchlarga to‘rtta Tu-160M raketanosetslari berildi”, — dedi Putin.
Rossiya yadro kuchlari 95 foizga modernizatsiya qilingani haqida Putin o‘tgan yil oxirida Mudofaani boshqarish milliy markazidagi nutqi chog‘ida aytib o‘tgandi. Biroq The Moscow Times’ga izoh bergan ekspertlarga ko‘ra, bu amalda katta ahamiyatga ega emas.
“Bu foiz ko‘rsatkichlarining ma’nosi yo‘q. Ular ruhlantiruvchi shiorlar, xolos, ularning ortida ko‘p narsa yo‘q”, — dedi Rossiya tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha ekspert, siyosatshunos Pavel Luzin.
Sharhlar